
Niko Uilyams o‘ziga vanihoyat grand klub tanladi
"Atletik Bilbao”da yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Niko Uilyams Myunxenning “Bavariya” klubiga o‘tishni afzal ko‘rdi.
"Sky Sports" nashrining xabar berishiga ko‘ra, Germaniya klubining direktorlari allaqachon futbolchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishgan. Uilyamsning o‘zi nemis jamoasiga o‘tishga tayyorligini bildirgan va yiliga 20 million evro maosh talab qilishni aytgan.
22 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 70 million evro deb belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Niko bu mavsum “Atletik” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol kiritgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar