
Niko Uilyams Ispaniya lagerida "Barselona" futbolchilari bilan ko‘proq suhbatlashmoqda
Ispaniya terma jamoasi lagerida "Atletik" vingeri Niko Uilyams "Barselona" futbolchilariga ushbu jamoaga o‘tish istagini bildirgan. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Niko doimiy ravishda Lamin Yamal, Pedri, Fermin Lopes va Pau Kubarsi bilan bu mavzuda suhbatlashgan. U o‘zini "Barsa" uslubiga mos deb hisoblamoqda.
Futbolchining agenti Feliks Taynta allaqachon klubning sport direktori Deku bilan uchrashib, ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham Niko bilan aloqaga chiqqan va unga jamoa loyihasi, o‘yin uslubi va unda egallaydigan o‘rni haqida tushuntirish bergan. Nemis mutaxassisi futbolchining kelishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Shu bilan birga, "Atletik" klubi hech qanday muzokara olib bormoqchi emas va 62 million evro miqdoridagi summani to‘liq to‘lashni talab qilmoqda.
Fikrlar