
Nikimbaev O‘zPFL haqida: Klublar havaskorlar tomonidan boshqarilishiga jim qarab turishlari meni ajablantiradi
O‘zPFL reglamentiga ko‘ra, klub legioner yoki xorijlik mutaxassis bilan shartnoma tuzish jarayonida 2025/26 yilgi mavsum uchun OFK litsenziyasini qo‘lga kiritishi shart (legioner futbolchi bilan amaldagi mehnat shartnomasi mavjud bo‘lgan klub bundan mustasno).
Qiziqarli tomoni shundaki, litsenziya aprel oyida beriladi, klublarimiz esa hozirgacha ko‘plab legionerlarni o‘z safiga qo‘shib olib ulgurdi. Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev ham bu vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi:
- Xorijlik mutaxassislar va futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun klub 2025-26 yilgi mavsum uchun OFK litsenziyasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
- O‘zPFL esa 2025-26 yilgi mavsum uchun litsenziyani aprel oyida berishini inobatga olsak, shu paytgacha O‘zbekistonning birorta ham klubi xorijlik futbolchilar bilan shartnoma imzolash huquqiga ega emas ekan.
- Bilasizmi, meni nima ajablantiradi? Klublar havaskorlar tomonidan boshqarilishiga jimgina qarab turishlari.
- Jurnalistlarning jim turishi meni ajablantirmaydi. Aksar insonlar nima bo‘layotganini tushunmaydi ham. Tushunadigan kam sonlilari esa muammolar haqida gapirishdan qo‘rqishadi.
Fikrlar