
N'Golo Kante uchun kurashda Madrid klubi favoritga aylandi
“Chelsi” futbolchisi N'Golo Kante mavsum so‘ngida klubni tark etishi mumkin. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartomasi yozgacha amal qiladi va yangi bitim borasida yangiliklar yo‘q.
Frantsiyalik yarim himoyachi uchun bir qator top klublar kurashmoqda. “El Mundo Deportivo” nashrining xabar berishicha, Kanteni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar orasida “Atletiko” favorit bo‘lib turibdi.
“Chelsi”ning yarim himoya pozitsiyasi ancha kuchaydi. Bundan tashqari, klub Deklan Raysni ham sotib olmoqchi. Shu sababli, “aristokratlar” Kanteni ketishiga qarshilik qilmasligi mumkin.
31 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumni ko‘p qismini jarohat sabab o‘tkazib yubormoqda. U londonliklar safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar