
Neymarning bitta katta armoni qoldi
Evropadagi faoliyatini to‘xtatib, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Neymarning futbolda ushalmagan bitta katta orzusi qoldi.
- Albatta, bir kun kelib, jahon chempionatida g‘olib chiqaman va hayotimdagi eng katta orzuni amalga oshiraman. Bunga ishonaman.
Lekin ba’zan hamma narsa ham o‘xshayvermaydi. Braziliyada bir kumirim bor. Bu Ziko. U jahon chempionatida yutmagan. Lekin bu unda bo‘lgan mahorat va qobiliyatni chegaralamaydi. Bu ta’rif menga ham mos tushadi, - dedi Neymar.
Neymar Braziliya terma jamoasida ko‘p gol urish bo‘yicha Pelening rekordini yangilagan. 31 yoshli hujumchi shu kunga qadar mamlakati bosh jamoasida 124 ta uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol urgan.
Fikrlar