
Neymarga zo‘r taklif tushdi, lekin yangi murabbiy uni qo‘yib yubormayapti
PSJ hujumchisi Neymar anchadan beri o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. 31 yoshli braziliyalik futbolchiga keyinga paytda unga nisbatan matbuot va muxlislar bosimi oshib borayotgani yoqmayotgan edi.
Taniqli jurnalist Matteo Moretto Neymarga AQSh jamoalari qiziqayotganini va klublar futbolchining agentlari bilan muzokara boshlaganini xabar qildi.
Biroq, PSJga bosh murabbiy etib tayinlangan Luis Enrike Neymardan voz kechmoqchi emas. Ispaniyalik mutaxassis Neymarni Parijda qoldirishga ko‘ndirmoqchi.
Neymar “Barselona”da Luis Enrike qo‘l ostida to‘p tepgan va ular Chempionlar ligasida birgalikda g‘olib bo‘lgan.
Fikrlar