
Neymar Saudiyada uzoq qolmaydi. U keyingi jamoasi nomini aytdi
Neymar Evropadagi faoliyatini yakunlab, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.
31 yoshli yulduz Osiyo maydonlarida uzoq o‘ynamoqchi emas. Braziliyalik hujumchi qaysi jamoaga o‘tishni istayotganini ochi qaytdi.
- Men yana “Santos” uchun o‘ynashni istayman. Bu qachon sodir bo‘lishini bilmayman. Lekin ishoning, men “Santos”ga qaytaman, - dedi Neymar.
Neymar 2009-2013 yillar davomida Braziliya klubi sharafini himoya qilgan. U o‘z yurti yuqori divizionida jami 102 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 54 marotaba ishg‘ol qilgan jdi.
Keyinchalik “ko‘hna qit’a”ga ko‘chib o‘tgan Neymar to‘rt yil “barselona”da va olti yil PSJda to‘p tepdi.
Fikrlar