Neymar Pele hamda Ronaldoning natijasini takrorladi

  • 6 dekabr, 2022, 14:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Braziliya nimchorak final doirasida Janubiy Koreyani mag‘lub etdi (4:1). Ushbu bahsda Braziliya hujumchisi Neymar jamoasining bir goliga mualliflik qildi. 

Tecno

Bu orqali "PSJ" hujumchisi o‘zi qatnashgan uchta JChda ham gol urgan uchinchi braziliyalikka aylandi. Bungacha u Rossiya hamda o‘z maydonida o‘tkazilgan mundiallarda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan edi. 

Endi Neymar mazkur natijani qayd etgan Pele hamda Ronaldoning natijasini takrorladi. Eslatib o‘tamiz, Braziliya chorak finalda Xorvatiya bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!