Neymar muxlisni urgani uchun jazolanmaydigan bo‘ldi

  • 5 noyabr, 2019, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar o‘tgan mavsum “Renn”ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan Frantsiya kubogi finalida sodir bo‘lgan holat uchun jazolanmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, braziliyalik futbolchi PSJni haqorat qilgan muxlisni yuziga urgan edi. Keyinroq esa ushbu muxlis Neymarni sudga bergandi.

AFP nashri tarqatgan xabarga ko‘ra prokuratura Neymarni yozma ravishda ogohlantirgan va endi unga nisbatan hech qanday jazo qo‘llanilmaydi.

Ma’lumot uchun, Frantsiya futbol federatsiyasi ushbu holatdan so‘ng Neymarni 3 ta o‘yinda diskvalifikatsiya qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!