Neymar: Messi bilan jahannamdan o‘tdik

  • 4 sentabr, 2023, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol yulduzi PSJdagi faoliyati haqida gapirdi.  U “Barselona”da o‘zi bilan birga o‘ynagan Lionel Messi uchun ham Parijdagi hayoti qiyin kechganini aytdi.

Tecno

- Messi o‘tgan mavsumda tanganing ikki tomonini ko‘rdi. Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqib, o‘zini jannatga tushgandek his qildi.

PSJdagi hayoti esa, jahannamdagidek bo‘ldi. Men uchun ham shunday bo‘ldi.

Jahlimizni chiqargani shuki, biz bu jamoaga hushtakbozlikni eshitgani uchun emas, balki o‘zimizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatib, chempion bo‘lishni istagandik. Shu bois, biz birlashgandik.  Afsuski, maqsadimizga eta olmadik.

Menimcha, parijda Messiga adolatsizlik qilishdi. Futbol nuqtai nazaridan u bunaqa munosabatga loyiq emas edi, - dedi Neymar.

31 yoshli Neymar PSJda olti yil davom etgan faoliyatini yakunlab, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi. Lionel Messi Parijda ikki yil to‘p tepganidan keyin AQShga ko‘chib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!