
Neymar: "Buning uchun jiddiy tayyorlandim"
Braziliyalik hujumchi Neymar jarohatidan so‘ng o‘z holati haqida gapirdi.
Serbiyaga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat olgan futbolchi bir kun oldin ilk bor sheriklari bilan guruh bo‘lib mashg‘ulot o‘tkazdi.
"Kayfiyatim yaxshi. Men shunday bo‘lishini bilardim, buning uchun jiddiy tayyorlandim", - deydi Neymar.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ertaga bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya bilan 1/8 final o‘yinida jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritiladi.
Fikrlar