
Neymar bir so‘z bilan PSJning g‘alabasiga munosabat bildirdi
"Santos" hujumchisi Neymar sobiq klubi PSJning Chempionlar Ligasi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Shanba kuni parijliklar o‘z tarixlaridagi ilk bor Chempionlar Ligasi g‘alabasiga erishishdi. Ular finalda "Inter"ni 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Uchrashuv yakunlangach, braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda PSJ futbolchilari sovrinni ko‘tarayotgan suratni joyladi va postga: "Tabriklayman," deb yozdi.
Neymar 2017 yil yozida "Barselona"dan PSJga rekord summadagi 222 million evro evaziga o‘tgan edi. Olti yil o‘tib, u 90 million evroga "Al-Hilol"ga sotildi. Joriy yil boshida esa Neymar erkin agent sifatida "Santos"ga qaytdi.
Fikrlar