
Neymar "Barselona"ga qaytmoqchi. Ammo qachon?!
Neymar "Al-Hilol"da o‘tadigan ikki mavsumdan so‘ng "Barcelona"ga qaytishga umid qilmoqda.
L'quipe nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchi Saudiya klubi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandini faollashtirmadi. U 2026 yilgi jahon chempionatidan oldin Kataloniya klubiga kaytmoqchi.
Xabar qilinishicha, Saudiya Arabistonida 2 yil davomida forvard 320 million evro ishlab oladi. Bu miqdorga ham ish haqi, ham homiylik shartnomalari va boshqa tijorat faoliyatidan tushgan daromadlar kiradi.
Ta’kidlash kerakki, Neymar joriy yozgi transferlar davridayoq "Barsa"ga qaytishga umid qilgan va buning uchun maosh talablarini kamaytirishga ham tayyor edi. Ammo bunga “Barselona”dagi moliyaviy cheklovlar to‘sqinlik qildi.
PSJ Neymarni Saudiya Arabistoniga sotishdan bonuslar bilan birga 100 million evro ishlab oladi.
Fikrlar