"Nefteximik" mag‘lubiyatdan arang qutulib qolgan bahsda Galiulin o‘yin ishtirokchisi, Davlatov esa kuzatuvchi

  • 28 mart, 2021, 20:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Milliy futbol ligasida 33-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Hamyurtlarimiz – Vagiz Galiulin hamda Bobir Davlatov to‘p surayotgan “Nefteximik” klubi mazkur turni o‘z maydonida “Volgar” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

O‘yinning 32-daqiqasi o‘tib borayotganida mehmonlar a’zosi – Mendel mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. “Nefteximik” jamoasi ushbu golga javob berishi uchun o‘yin oxiriga qadar jiddiy kurashishiga to‘g‘ri keldi. Oqibatda 90-daqiqada Potapovning kiritgan goli evaziga mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Ushbu bellashuvda Vagiz Galiulin asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi. Bobir Davlatov bo‘lsa, zaxirada qoldirilgan holda uchrashuvni chetdan kuzatdi. Ammo mezbonlar ustozi Novikov faqat ikkita o‘yinchini zaxiradan maydonga tushirdi xolos.

“Nefteximik” 33-turdan keyin turnir jadvalida 54 ochko jamg‘arib, 8-o‘rinni egallab turibdi. 34-tur doirasida “Nefteximik” 3 aprel kuni safarda “Fakel” mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!