"Neftchi" xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

  • 15 oktabr, 2023, 02:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Superliga chempionatida FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffus yuzaga kelgan va bundan unumli foydalanish maqsadida o‘rtoqlik bellashuvlari tashkil etilmoqda.

Tecno

Jumladan, "Neftchi" futbol klubi ham o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha reja tuzgan. Unga ko‘ra Vitaliy Levchenko shogirdlari bugun, 15 oktyabr kuni Qirg‘iz Respublikasidan tashrif buyuradigan O‘shning "Alay" jamoasini qabul qilishadi. Ushbu xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi Farg‘onadagi "Istiqlol" markaziy o‘yingohida soat 17:00 da boshlanadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ikkala jamoa vakillari sentyabr oyida vujudga kelgan tanaffus paytida ham o‘zaro kuch sinashgan va Qirgulidagi stadionda bo‘lib o‘tgan bahsda farg‘onalik futbolchilar minimal 1:0 hisobida ustun kelishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!