"Neftchi" Toshkentdagi yig‘inni yakunladi, keyingi rejalar ma’lum

  • 26 iyul, 2022, 17:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" 7 iyul sanasidan buyon Toshkentda bosh murabbiy Vitaliy Levchenko qo‘l ostida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarga kirishgan edi.

Tecno

Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borildi, yangi murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar davomida asosiy urg‘uni jismoniy xolatni yaxshilashga va jamoamiz o‘yinni kuchaytirishga qaratishdi. Yig‘in davomida jamoada bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tkazildi, shuningdek jamoa nazorat uchrashuvlarida jami besh marotaba maydonga chiqdi.

Birinchi nazorat uchrashuvida Pro-liga vakili Sirdaryo viloyatining “Yangier-Quruvchi” bilan belashib, 3:1 xisobida mag‘lub etdi. 17 iyul sanasida esa Jizzaxning “Zomin” jamoasini ham kichik hisobda 2:1 natijasi bilan mag‘lub etdi.

21 iyul kuni Superliga vakili Toshkentning “Lokomotiv”ini 3:1 hisobida enga oldi. Shundan so‘ng farg‘onaliklar Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 yoshlar terma jamoasi bilan jangovor 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 25 iyul sanasida Pro-liga vakili “Buxoro” bilan kuch sinashgan jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Nazorat belashuvlarida darvozaga eng ko‘p gol urgan futbolchi Izzatillo Abdullaev hisoblanadi. Uning hisobida uchta gol mavjud, Oybek Qilichev esa darvozaga ikki bor gol urishning uddasidan chiqdi.

Levchenko shogirdlarining poytaxtdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakuniga etdi, jamoa endi ikkinchi davraga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini 28 iyul kunidan boshlab Farg‘ona shahrida davom etiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!