"Neftchi" Qirg‘iz Respublikasi jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynadi

  • 15 oktabr, 2023, 19:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Supeligada yuzaga kelgan tanaffusda "Neftchi" navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini "Istiqlol" markaziy o‘yingohida tashkil etdi. Bugungi raqib qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi Oliy divizioni chempionatida karvonboshilik qilib kelayotgan O‘sh shahrining "Alay" klubi bo‘ldi.

Tecno

Birinchi bo‘limga to‘xtaladigan bo‘lsak, har ikki jamoa vakillari bir qancha hujumlarni tashkil etishgan bo‘lsada, deyarli xavfli vaziyat yaratilmadi va tanaffusga jamoalar nursiz durang 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Asosiy harakatlar ikkinchi bo‘limda sodir etildi. Bachana Arabuli o‘rniga almashtirilgan Bilolxon Toshmirzaev o‘yinga joziba kiritdi va aynan uning ajoyib uzatmasidan so‘ng mehmonlar darvozasini Giorgi Nikabadze chiroyli tarzda ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi 1:0.

Uchrashuv farg‘onalilklar ustunligida o‘tayotgan bir paytda mehmonlarning kam sonli qarshi hujumlaridan biri gol bilan yakun topdi. Bu vaziyatda o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga katta tezlikda kirib kelgan Shohruh Muratov darvozani aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirishga erishdi 1:1. Bu hisob uchrashuv oxiriga qadar o‘zgarmadi va o‘shliklar bilan o‘tkazilgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida murosa kuchasi tanlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!