
"Neftchi" nazorat o‘yinida Qirg‘iziston U-23 termasini mag‘lub etdi
Bugun Qirgulidagi qarorgoh stadionida Vitaliy Levchenko shogirdlari chempionat bahslariga tayyorgarlik doirasida rejadan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasining U-23 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joiz, “Neftchi” murabbiylari bugun barcha futbolchilarga to‘p surish uchun imkoniyat yaratib berishdi. Birinchi bo‘limda zaxirada bo‘lgan futbolchilar ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilishdi. Uchrashuv esa mezbonlarning ustunligida kechdi.
Birinchi bo‘limning 10-daqiqasida himoyachilardan qochib ketgan Toma Tabatadze qo‘pollik evaziga to‘xtatildi. Bu vaziyatda bosh hakam penalti belgilashga majbur bo‘ldi. Penaltini esa jabrlanuvchining o‘zi, ya’ni Toma Tabatadze aniq amalga oshirib, o‘yinda hisobni ochdi. Keyinchalik vakillarimiz bir qator kombinatsion hujumlar orqali hisobni oshirishga yaqin edilar. Lekin mehmonlar posboni ishonchli o‘ynab barcha xavflarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Tanaffusga jamoalar 1:0 hisobidagi natija bilan chiqishdi.
Ikkinchi bo‘limda to‘liq yangilangan tarkib bilan maydonga chiqqan “Neftchi” a’zolari o‘yin davomida to‘liq ustunlikka erishib, ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo barcha urinishlar samarasiz bo‘lib chiqdi va yakunda bellashuv farg‘onaliklarning minimal 1:0 hisobidagi natijasi bilan tugadi.
"Neftchi - Qirg‘iziston U-23 - 1:0 (1:0)
14 iyun. Farg‘ona. Qirguli.
Golr: Toma Tabatadze,10' pen. (1:0)
"Neftchi": Akbar To‘raev, Nodirxon Ne’matxonov, Umar Adhamzoda, Mirzohid G‘ofurov, Anvar G‘ofurov, Toma Tabatadze, Diyorjon Turopov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Oleksiy Larin, Fozil Musaev, Murodbek Bobojonov
Qirg‘iziston U-23: Nurlanbekov Kurmanbek, Zaripbekov Eldiar, Kumarbay Bayaman, Nurlan Uulu Adilet, Kanibekov Adilet, Baktibekov Nurbol, Bekberdinov Arslan, Toktosunov Dastanbek, Kultaev Erbol, Bekberdinov Mirlan, Abilov Ernaz.
Fikrlar