
"Neftchi" futbolchilaridan kimlar terma jamoalarga chaqirildi?
O‘zbekiston Superligasida oxirgi tur uchrashuvlari yakuniga etkanidan so‘ng, navbat FIFA kunlariga o‘tdi. Shu munosabat bilan “Neftchi” futbolchilari milliy terma jamoa va turli toifadagi terma jamoalarga chaqiruv olishdi. Bu xususida "Neftchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Tojikiston milliy terma jamoasi yig‘iniga himoyachi Zoir Jo‘raboev taklif etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston U-21 terma jamoasi safiga Asrorbek Kenjaev va Doniyor Valievlar taklif etildilar. O‘zbekiston U-23 termasi mashg‘ulotlarida esa Vladimir Nazarov va Ulug‘bek Xoshimovlar qatnashadi.
Fikrlar