"Neftchi" Antaliyadagi oxirgi o‘yinida durang qayd etdi

  • 22 fevral, 2024, 23:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” Antaliyadagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. Farg‘onaliklar bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazishdi. Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning “Tyumen” klubi 2:1 hisobida mag‘lub etildi. Kunning ikkinchi yarmida esa Levchenko jamoasi Qozog‘istonning “Atirau” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Tecno

Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. Tanaffusdan keyin Xusayn Norchaevning goli tufayli “Neftchi” hisobni ochdi. Biroq 90-daqiqada “Atirau” futbolchisi Nikolay Signevich hisobni tenglashtirdi.

"Neftchi"ning asosiy tarkibi: Sanjar Quvvatov, Zoir Jo‘raboev, Anvar G‘ofurov, Boyan Tsiger, Mirzoxid G‘ofurov, Abbos G‘ulomov, Javohir Qahramonov, Keterin Karp, Jasur Jaloliddinov, Mixay Roman, Xusayn Norchaev

Chetlatish:  Jasur Jaloliddinov, 54.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!