
"Neftchi" Antaliyada 50 kun bo‘ladi!
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi “Neftchi” yangi mavsum uchun tayyorgarligini 5 yanvardan boshlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, farg‘onaliklar chempionatga tayyorgarlikni asosan Turkiyaning Antaliya shahrida olib boradilar va bu ikki bosqichdan iborat bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, dastlabki yig‘in Antaliyada 6-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tsa, ikkinchi yig‘in 29 yanvardan 24 fevralga qadar davom ettiriladi.
Tabiiyki, Turkiyadagi mashg‘ulotlar mobaynida qator o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi.
Fikrlar