
"Navruz Cup". Uganda Tojikistonni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi
"Navruz Cup" turniridan o‘rin olgan Uganda - Tojikiston uchrashuvi yakunlandi. Asosiy vaqtda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Penaltilar seriyasida omad ugandalik futbolchilarga kulib boqdi (5:4).
Dastlab 8-daqiqada afrikaliklar vakili Emanuel Okvi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 39-daqiqada qo‘shnilarimiz a’zosi Alisher Jalilov raqib posbonining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.
Shundan so‘ng jamoalar boshqa gol urishga muvaffaq bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida Uganda terma jamoasi 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun xuddi shu turnir doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘yin o‘tkazadi. Raqib qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasi.
Fikrlar