
"Navruz Cup". Bugun final va 3-o‘rin uchun bahs o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoamiz "Navruz Cup" turnirida ishtirok etmoqda. Bugun 3-o‘rin uchun bahs va final bo‘lib o‘tadi.
Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda dastlab 3-o‘rin uchun Tojikiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 15:30da start oladi.
Ushbu bellashuv yakunlangach, O‘zbekiston MTJ hamda Uganda o‘rtasidagi final bahsi o‘tkaziladi. Bellashuv 19:00da boshlanadi.
Fikrlar