"Navbahor" yirik hisobda yutadi, "Loko"dan ko‘p narsa kutgandim" - San’at Shixov 12-turning juftliklari haqida

  • 19 iyun, 2024, 08:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 12-turiga start beriladi. 19-22 iyun kunlari siz bilan bizni qiziqarli bahslar kutyapti. Muxlislar yaxshi bilgan sobiq futbolchi San’at Shixov mazkur tur oldidan jamoalarning imkoniyati borasida fikr bildirdi.

Tecno

19 iyun

20:00. “Surxon” – “Metallurg”

“Bu o‘yinda “Surxon”ni favorit hisoblayman. “Surxon”ni o‘yinlari juda chiroyli chiqyapti, qisqa va uzun paslar bilan kombinatsion o‘yinni yaxshi yo‘lga qo‘ygan. “Metallurg” himoyada yaxshi o‘ynaydigan jamoa hisoblanadi. Ushbu uchrashuvda “Surxon” minimal hisobda g‘alaba qozonsa kerak”.

20 iyun

20:00. “Nasaf” – “Neftchi”

“To‘g‘risi, bu juftlik haqida qanaqa fikr bildirishni ham bilmayapman. Sababi ikkita jamoa ham barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti. Bu o‘yinda uyida o‘ynayotgani uchun biroz ustunlik “Nasaf” tomonida bo‘lsa kerak. “Neftchi”ni ham tarkibi zo‘r, qarshi hujumda o‘ynab har qanaqa jamoani qiynab qo‘yishi mumkin. Taxminim durang bo‘lsa kerak”.

20:00. “Navbahor” – “Qizilqum”

“Navbahor” Superligada eng kuchli tarkibga ega jamoa hisoblanadi, shuni hisobga olsak, o‘ylashimcha, bu o‘yinda “Navbahor” yirik hisobda g‘alaba qozonadi. “Qizilqum” mavsumni yaxshi boshladi, ammo hozir jamoani ishlari yurishmayapti. Qarshi hujumda juda chiroyli o‘ynayotgandi, jamoaga barqarorlik etishmayapti”.

21 iyun

20:00. “Bunyodkor” – “Olimpik”

“Bu juftlikda “Olimpik” favorit. “Olimpik”ni ko‘p o‘yinlarini tomosha qildim. Bu mavsum jamoa ancha barqarorlashgan, o‘ziga ishonch bilan o‘ynashyapti. To‘p nazorat qilish va raqibga qarab taktika o‘zgartiradigan, o‘yin payti ham o‘yinini nazorat qila oladigan kam sonli jamoa. “Bunyodkor”ni tarkibi yomon emas. Murabbiy o‘zgargandan keyin o‘yini ancha o‘zgargan, murabbiy imzosi ko‘rinib turibdi. Hujumda ham tajribali o‘yinchilari bor. Zo‘r jamoa, lekin bu o‘yinda “Olimpik”ni g‘alabasini taxmin qilaman”.

20:00. OKMK – “Paxtakor”

“Deyarli bir xil futbol o‘ynaydigan ikkita jamoa. To‘p nazoratini yaxshi ko‘radigan jamoalar. O‘ylashimcha, bu o‘yin durang bo‘ladi, OKMK ushbu bahsda 1-raqamli bo‘lib o‘ynasa kerak, “Paxtakor” qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qiladi”.

22 iyun

20:00. “Dinamo” – “Andijon”

“Dinamo” oxirgi uchrashuvlarda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatyapti. Hujumkor, to‘p nazorati bilan ham barchasi joyida. Lekin barqaror o‘yin namoyish qilish kerak. “Andijon” qarshi hujumlarni eng zo‘r amalga oshiradigan, shu uslubni eng kuchli jamoasi, faqat muammo, o‘ziga qarshi jamoalar 2-raqamda o‘ynashni boshlasa, hech narsa o‘xshamayapti. “Andijon” bu o‘yinda yutqazmaydi”.

20:00. “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona”

“Lokomotiv”dan bu mavsum ko‘p narsa kutgandim. Jamoa o‘yinlarida hech narsa o‘xshamayapti. “So‘g‘diyona”da buning aksi. Jamoa ushbu bellashuvga yaxshi kayfiyatda keladi. O‘yinda durang bo‘lsa kerak”.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!