"Navbahor" "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi bilan kelishuvga erishdi!

  • 30 yanvar, 18:00
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Navbahor" Po‘latxo‘ja Xoldorxonov bilan shartnoma imzoladi. 
 
Superliga klubi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Bir necha kun oldin esa braziliyalik himoyachi Igor Gabriel bilan shartnoma imzolagan edi. 
 
Saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, "lochinlar" bu gal "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Po‘latxoja bilan kelishuvga erishib, o‘z safiga qo‘shib oldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli forvard "sherlar" safida 52 ta bellashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
30/01/2025 18:46
O'zi namanganlik bu bola