
"Navbahor" "Olimpik" futbolchisi bilan shartnoma tuzdi
Namanganning "Navbahor" klubi bugun yangi transferni e’lon qildi.
21 yoshga qadam bosayotgan iqtidorli yarim himoyachi Rian Islamov "Navbahor" bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi.
Farg‘onalik futbolchi "Paxtakor" U21, "Metallurg" va "Olimpik" klublarida to‘p surgan.
Aynan joriy mavsumda Islamov "Olimpik" tarkibida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pasni amalga oshirib, maydonda 774 daqiqani o‘tkazdi.
Fikrlar