"Navbahor" nigeriyalik futbolchining transferini e’lon qildi

  • 23 dekabr, 2024, 21:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Navbahor” klubi nigeriyalik yarim himoyachi Benjamin Teydining transferini e’lon qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdilar.

30 yoshli hujumkor yarim himoyachining oxirgi klubi Gruziyaning “Iberiya 1999” klubi bo‘lib, u erda 12 ta o‘yinda 1 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan.

Shuningdek, “Gagra” (Gruziya), “Guriya” (Gruziya), “Algeti” (Gruziya), “Imereti” (Gruziya), “Merani Martvili” (Gruziya), “Liepiya” (Lativya), “Dinamo Batumi” (Gruziya) va “Kazma” (Quvayt) jamoalarida to‘p surgan.

Benjamin Teydi 1994 yil, 5 may kuni Nigeriyaning Lagos shahrida tug‘ilgan.

Benjamin Teydi “Dinamo” (Batumi) tarkibida ikki marta Gruziya chempionligi (2021 va 2023 yillar), bir marta Gruziya superkubogi (2022 yil)ni qo‘lga kiritgan.   
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!