
"Navbahor" 17 yil deganda nihoyat uddaladi!
O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Namangan klubi safida gollarga Jamshid Iskanderov (dubl) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Shahzod Azmiddinov nomiga qayd etildi.
Ushbu g‘alaba orqali "Navbahor" 2005 yildan keyin ilk bor yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘sha mavsum chorak finalda "lochinlar" "Lokomotiv"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa yarim finaliga yo‘l olgan edi.
Shu tariqa, Namangan klubi 17 yil deganda nihoyat ushbu bosqichga chiqdi.
Fikrlar