“Navbahor” 1, “Nasaf” 2, “Metallurg” kuchli uchlikda

  • 11 oktabr, 2022, 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

7-9 oktyabr kunlari Superliganing 21-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Turnir jadvalida peshqadamga aylanib olgan “Nasaf” o‘z uyida “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi. “Paxtakor” ligada qolish uchun kurashayotgan “Surxon”ni enga olmadi. “Navbahor” Pro liga sari yaqinlashayotgan “Dinamo”ning ishlarini yanada qiyinlashtirdi. Ivan Boshkovich boshchiligidagi “Bunyodkor” bu gal “Metallurg”ni mag‘lub etdi. Endi to‘rtlikka kirgan AGMK Olmaliqda “Qizilqum”ga qimmatli bo‘lgan 3 ochkoni boy berdi. Ishlari ancha yurishib qolgan “Neftchi” “Olimpik” bilan murosa ko‘chasini tanladi. Oxirgi o‘rinlardagi “Qo‘qon-1912” Superligada xavfli hududga tushib qolgan “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi.

IMG_2855

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 26539 tomoshabin tashrif buyurdi (20-turda 26023 muxlis qayd etilgan). Har bir bellashuvga o‘rtacha 3791ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Navbahor” o‘z uyida o‘yin o‘tkazsa, uni birorta jamoa muxlislar statistikasida ortda qoldira olmasligiga o‘rganib qoldik. Samvel Babayan shogirdlarining qiyin ahvoldagi “Dinamo”ga qarshi bellashuvini 8400 tomoshabin stadiondan kuzatdi.

IMG_2203

“Paxtakor”ni Toshkentda engib yakka peshqadamga aylanib olgan “Nasaf” bu gal “So‘g‘diyona”ni Qarshida qabul qildi. Muhim ahamiyat kasb etadigan uchrashuvni ko‘rish uchun arenaga 5962 keldi. Lekin bu bahsga undan ancha ko‘p tomoshabin tashrif buyurishi kutilgandi. Chunki “ajdarlar” 1-o‘rinda borayotgandi…

IMG_2705

E’tiborga molik tomoni Bukobodda ham muxlislar ko‘payib qoldi. Avvalgi tur Navoiyda asosiy raqobatchisini taslim etgan “Metallurg” endi o‘z uyida 4511 muxlis qarshisida “Bunyodkor”dan engildi.

Eng kam tomoshabin Olmaliqda. O‘z stadioni ta’mirlanayotgani bois butun mavsumni o‘tkazib yuborayotgan “Surxon” Olmaliqda “Paxtakor”ni qabul qildi. Bellashuvini 849 muxlis tomosha qildi. Poytaxt va Toshkent viloyati uchun aslida bunday ko‘rsatkich yangilik emas!

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Navbahor” - “Dinamo” 2:0. 8400 tomoshabin

“Nasaf” - “So‘g‘diyona” 1:1. 5962 tomoshabin

“Metallurg” - “Bunyodkor” 1:2. 4511 tomoshabin

AGMK - “Qizilqum” 0:1. 3457 tomoshabin

“Olimpik” - “Neftchi” 1:1. 2183 tomoshabin

“Qo‘qon-1912” - “Lokomotiv” 0:0. 1177 tomoshabin

“Surxon” - “Paxtakor” 1:1. 849 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/10/2022 18:44
Nasaf. 2 taym. aniq. 12ming muhlis kerdi. kamiga. chunki ozgena ertashi boshlangani uchun Davlat ishhonasiga ishlaydiganla. 7ga ishdan chiqib. 8 ga uyinga tushdi. Orzu Bozordakila ham 2 taymga uspit qildi. Neft gazga ishlaydiganla. 2 taym kerdi.