
"Navbahor" - "Al-Hilol" o‘yiniga sotib olgan chiptangizni ehtiyot qiling, chunki...
Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL)ning 5-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)ni qabul qiladi va mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 100.000 so‘m etib belgilangan.
Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va “Navbahor” PFK rahbariyati sa’y-harakatlari bilan, shuningdek, jamoaning ashaddiy hamda fidoiy muxlislarini hurmat qilgan holda, endi ishqibozlar Soca Cola Superligasining so‘nggi, 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” o‘yiniga “Navbahor”- “Al-Hilol” bahsi uchun chiqarilgan chiptalar bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin, ya’ni, endi muxlislar bitta chipta bilan 2 ta o‘yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Farg‘onaliklar bilan bo‘ladigan uchrashuvga chiptalar chiqarilmaydi.
Shu bois, muxlislardan “Navbahor” – “Al-Hilol” o‘yinidan so‘ng ham chiptalarini saqlab qo‘yishlarini so‘raymiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar