
"Nasaf"ni qanday natijalar qoniqtiradi? Jamoa guruhda 1-o‘rinni egallashi ham mumkinmi? - Alisher Nikimbaev "ajdarlar"ning pley-offga o‘tish imkoniyatlari borasida
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Nasaf” “Al-Sadd” bahsi o‘tkaziladi. Qarar klubiga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi. O‘yinni "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Uchrashuv oldidan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida qarshiliklarning imkoniyatlari borasida fikr bildirdi.
- "Nasaf" kamida guruhda ikkinchi bo‘lishi uchun qolgan ikki uchrashuvda g‘alaba qozonishi kerak. Ammo bu erda vaziyat oddiyroq. Birinchidan, ikkita g‘alaba orqali ikkinchi o‘rin bilan ham guruhdan chiqishni kafolatlaydi.
Ikkinchidan, agar "Al-Faysali" qolgan ikki turdan kamida bittasida mag‘lub bo‘lsa yoki ikkalasida durang o‘ynasa, "Nasaf" ikkita g‘alaba bilan guruhda birinchi o‘rinni egallaydi, - deya yozib qoldirdi Nikimbaev.
“Nasaf” ayni damda “E” guruhida 5 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda. “Al-Sadd” esa 4 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar