"Nasaf" yangi legionerining goli evaziga "Alaniya"ni taslim etdi

  • 18 yanvar, 2024, 19:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” jamoasi bugun Antaliyadagi yig‘inida Vladikavkazning “Alaniya” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

Tecno

“Nasaf” tarkibi: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullaev, Igor Golban, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Javohir Sidiqov, Islom Kenjaboev, Murodbek Rahmatov, Shahzod Akramov, Viktor Da Silva.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Zafar Hakimov, Jambuli Jigauri, Bekjon Jo‘raboev, Nodirbek Mukarov, Asliddin Tursunpo‘latov, Azizbek Xaitov, Javohir Otamurotov.

nasaf alaniya

Uchrashuvning 21-daqiqada Marko Stanoevichning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi va qaytgan to‘pni Da Silva darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. 1:0 hisobi o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Nasaf” g‘alaba qozondi.

O‘tgan safar qarshiliklar Ozarbayjonning "Turon" jamoasini 4:2 hisobida taslim qilgan bo‘lib, Viktor Da Silva xet-trikka erishgandi. Navbatdagi bahsda ham u yana o‘zini ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uzbek ligion
18/01/2024 20:30
Nasafjon urtoqlikda xam rasmiyda ayamay tiqaveradi.