
"Nasaf" va OKMKning OChLdagi o‘yinlari TVda olib beriladimi?
Bugun OChL 2-turida "Nasaf" va OKMK o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
OKMK Olmaliqda Iroqning "Efr Fors" klubini qabul qiladi. Uchrashuv 17:00ga belgilangan. "Nasaf" esa Qarshida "Al Sadd" bilan kuch sinashadi. Bellashuv 21:00da start oladi.
O‘yinlarni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. Shuningdek, siz SPORTS.uz LIVE telegram kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar