"Nasaf" va "Al-Sadd" ertangi o‘yinda qaysi libosda harakat qiladi?

  • 4 mart, 2018, 15:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, 5 mart dushanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda OChL-2018 3-tur doirasidagi “Nasaf” – “Al Sadd”  uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugun, 4 mart kuni ushbu o‘yinoldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tkazildi. Unga ko‘ra, ertangi uchrashuvda mezbonlar an’anaviy ko‘k formada harakat qilishsa, qatarliklar oq libosda to‘p surishadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Markaziy” stadionda har ikkala jamoalarning o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlari ham o‘tkaziladi. “Nasaf”ning mashg‘uloti soat 17:30da  boshlanadi. “Al Sadd” jamoasining mashg‘uloti esa soat 18:30da boshlanadi.

“Nasaf” – “Al Sadd”  uchrashuvi 18:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!