
"Nasaf" hujumchisi: Qani edi, bizni ham terma jamoaga jalb etishsa
Mazkur uchrashuvda dublga erishgan Humoyun Murtazoev o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun yanada ko‘plab gollar kiritishim mumkin edi, ammo biroz omad etishmadi. Asosiysi g‘alaba qozona oldik. Endi mashg‘ulotlar jarayonida birga-bir vaziyatlar borasida ko‘proq ter to‘kaman.
Albatta, har bir futbolchi milliy terma jamoada o‘ynashni orzu qiladi. Qani edi bizni ham terma jamoaga chaqirishsa, bor kuchimiz bilan o‘ynagan bo‘lar edik", - dedi Murtazoev.
Fikrlar