
"Nasaf" hujumchisi legionerga aylanishi mumkin!
"Nasaf" hujumchisi Azizbek Amonov kelasi mavsum jamoani tark etishi mumkin. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu haqida o‘z telegram kanalida xabar berdi.
"Azizbek Amonov kelasi mavsumda legionerga aylanishi mumkin. Futbolchi ayni damda BAAning "Xor-Fakkan" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
OChLni yondirgan forvard bilan "Neftchi" xam qiziqib qolgan, ammo Amonov ayni damda xorijdan bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda", - deyiladi xabarda.
Fikrlar