
"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan jamoalarga oid 9 raqami. Bu nimani anglatadi?
Superliga 7-turida "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ga qarshi safarda o‘ynaydi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chempionatlarda jamoalar jami 50 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 30tasida "sherlar" zafar quchgan bo‘lsa, 10 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 10 o‘yinda g‘alaba qozongan. Raqib darvozasini 78 bor ishg‘ol qilgan poytaxtliklar darvozasidan 46 gol o‘tkazib yuborgan.
Qarshidagi 25 o‘yinda esa "Paxtakor" 9 g‘alaba, 7 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etgan. 26 gol urgan "sherlar" o‘z darvozasidan 33 to‘p o‘tkazib yuborgan.
"Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 7 may, shanba kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar