«Napoli»dagi «olov» kattalashmoqda. Gattuzoga De Laurentisning «tishi» o‘tadimi?!

  • 16 fevral, 2021, 20:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Parma» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Gattuzo ochiqchasiga klub rahbari – Aurelio De Laurentisning manziliga “iliq” so‘zlarni yubordi. Murabbiy betob bo‘lgan chog‘ida uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muzokaralardan xabar topgani uchun jahl otiga mindi. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, De Laurentis Rafa Benites va Mauritsio Sarri bilan aloqaga chiqqan, biroq ular ortga qaytishdan bosh tortgan. Aslida, Gattuzoni ishdan olish qay darajada to‘g‘ri qaror?

Tecno

«Napoli»da ahvol qanday?

5454545454

So‘nggi paytlarda «Napoli»da barqarorlik yo‘qolib qoldi. Mavsum boshida grand klublarning barchasiga imkoniyat boy berildi. Superkubok uchun bahsda «Yuventus»ning qo‘li baland keldi. Vaziyatlardan unumli foydalanish bobida ham muammolar etarlicha. Masalan, Eldor Shomurodovning jamoasiga qarshi bahsda, Neapol shahri vakillari 26 bor zarba yo‘llagan. «Jenoa» bundan 7 marotaba kamroq urunishni amalga oshirgan bo‘lsa ham, yakunda g‘alabani ilib ketdi. «Spetsiya» bilan o‘yinda esa, omad to‘lig‘icha ulardan yuz o‘girdi. 29 urinishdan atigi bitta gol hosil bo‘ldi. Tan olish lozim, Gattuzoda hujumchilar borasida muammolar etarlicha. Rekord summa evaziga tarkibga qo‘shib olingan Osimxen jarohat olgan. Petanya esa, shunchaki o‘rtacha  hujumchi.

Shu bilan muammo yakunlanmaydi. Klub o‘zi targ‘ib etayotgan o‘yin falsafasiga ham katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Hozirda, jamoa eng kam gol o‘tkazib yuborgan Italiyadagi ikkinchi klub sanaladi. Bunda jamoaning himoyalanishida o‘zgacha metodikadan foydalanayotgani asosiy sabab. O‘tgan mavsumda yuqori pressing bosh planga ko‘tarilgan bo‘lsa, endi jamoa raqibni o‘z maydonchasida erkin kutib olishni boshladi. O‘tgan mavsumda klub pressing uyushtirish borasida Italiyada yaqqol etakchi edi. Hozir ular bu borada 19-o‘rinda bormoqda. Yuqori pressing sababli, klub futbolchilari raqibni markazda kutib olishga urinar, bu esa maydon bo‘ylab tezkor hujum uyushtirish imkonini yaratar edi.

545445Gattuzo «Napoli»ni raqib pressingning birinchi to‘lqinini mayda paslar bilan engib o‘tishini istadi. Bu avvaliga katta effekt berdi, biroq keyin negadir ushbu uslubdan foydalanilmadi. Klub futbolchilari raqib jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash bobida ham Italiyada etakchilardan biri sanaladi. Bu urinishlarning 93 foizi omadsiz yakunlansa ham, jamoa buni takrorlashda davom etmoqda. Gattuzo boshchiligidagi jamoa so‘nggi 10 ta turda 4 bor raqiblaridan ustun keldi. 5 bor klub ochko ishlay olmadi. Bunday natija qayd etgan murabbiy APLda allaqachon ishdan olingan bo‘lar edi.

Gazzuto «Napoli»ga kerakmi?

Irving Losano Gattuzoni «odamxo‘r», deb atagan bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasidagi munosabat o‘z o‘rniga tushdi. Janjalkash yigit Anchelottining o‘rniga murabbiy etib tayinlanganida, ko‘plab muxlislar undan hech narsa kutmagani aniq. Ayniqsa, ketma-ket 4 mag‘lubiyat Jennaroga bo‘lgan ishonchning keskin kamayib ketishiga olib keldi. Yakun esa, barchani hayratda qoldirdi. Jamoa Italiya kubogi finalida «Yuventus»ni engdi. Chempionatni Evropa Ligasi yo‘llanmasi bilan yakunladi. Bunga ishonish qiyin, biroq «Napoli» mag‘lubiyatsiz seriyani namoyish etdi.

Hozirgi krizis avvalgisidan ancha oddiy. Gap jamoada, yoki murabbiy targ‘ib qilayotgan o‘yin uslubida emas. Qahramonimiz miasteniya bilan og‘rimoqda. Aynan shu kasallik sababli u butsalarini rejasidan ko‘ra ancha erta mixga ilgan edi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bu kasallikni engib o‘tish mumkin emas. Uning asoratlarini kamaytirish mumkin, xolos. Kasallik xuruj qilgan chog‘da, inson ko‘zlarida va miyasida charchoq alomatlari paydo bo‘ladi.

Agar Gattuzoning kasallik xuruj qilgan paytda jamoasini maydonga olib tushgan o‘yinlariga e’tibor qaratsangiz, barchasi oydinlashadi. Murabbiy betob chog‘ida «Inter» va «Latsio»ga imkoniyat boy berildi. «Torino» bilan o‘yinda ochko yo‘qotildi. Keyin «Spetsiya»dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib olindi. Tanasidagi og‘riqqa qaramay, klub uchun kurash olib borayotgan murabbiyni De Laurentis qattiq xafa qildi. U ochiqchasiga, Jennaroning o‘rnini egallashi uchun boshqa murabbiy izlashni boshladi.

Murabbiy bir ko‘zi bilan maydon chetida shogirdlariga ko‘rsatmalar bergan bo‘lsada, uchrashuvda aytarli hech narsani ko‘ra olmaganini tan oldi. Shunga qaramay, u kurashdan to‘xtamayapti. De Laurentis esa, beqarorligi uchun noqulay ahvolga tushib qoldi. Bu vaziyatda klub prezidenti murabbiyga ishonch bildirishi yoki undan o‘z xohishi bilan jamoani tark etishini iltimos qilishi kerak edi. U uchinchi variantni tanladi. Yashirin tarzda yangi murabbiy izlashga tushib ketdi. Qiziqqon Jennaro buni orqadan urilgan pichoq, deb qabul qilishi tabiiy. Endi jamoaning ichki muhiti buzildi. Futbolchilar ertaga nima bo‘lishidan bexabar. Murabbiy va rahbariyat orasi buzilgan. Kassalik xuruji kamaygach, Gattuzo avvalgidek ishga mehr bera olmayapti. U endi De Laurentis bergan va’dalarga ishonmay qo‘ydi.

Bu holat qanday yakun topishi hozircha noma’lum. SPORTS.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!