
"Napoli" futbolchisi Gvardiolaga yoqadi, ammo "Siti" ushbu transferga qo‘l urmaydi. Chunki...
Italiyaning "Napoli" klubi ispaniyalik yarim himoyachi Fabian Ruisning transferi uchun narx belgilab qo‘ydi. OAV xabarlariga ko‘ra, futbolchiga "Atletiko" va PSJ qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, xorijiy nashrlarda “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ispaniyalik futbolchining iqtidoriga muxlis bo‘lsa-da, “shaharliklar” Ruis uchun kurashga qo‘shilmasliklari haqida xabar tarqaldi. Bunga 2018 yildagi Jorjinoning transferi haqidagi voqea sabab bo‘lgan.
Gap shundaki, 2018 yilda "Manchester Siti" italiyalik yarim himoyachini sotib olishni rejalashtirgan edi, ammo "Napoli" futbolchini “Siti”ga emas "Chelsi"ga sotishni ma’qul ko‘rdi. Shu vaqtdan boshlab ushbu klublar o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushgan.
25 yoshli Ruis o‘tgan mavsum Italiya chempionatida jami 33 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar