
Nainggolan yana "Inter"ga qaytadi
O‘tgan mavsumni “Kalyari” safida ijarada o‘tkazgan "Inter" xavbeki Raja Nainggolan yana “neradzurrilar” safiga qaytadi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Biroq u mavsumlar oralig‘idagi tayyorgarlik jarayonida o‘zini ko‘rsata olmasa, yana "Kalyari"ga qaytishi ham mumkin.
32 yoshli Raja o‘tgan mavsum “Kalyari” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar