Myuller Messining yoniga ketishi mumkin

  • 14 may, 10:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin "Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller ushbu yozda klubdan ketishini rasman ma’lum qilgan edi. 

Tecno

Insayder Nikolo Skiraning xabar qilishicha, 35 yoshli nemis o‘z faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga "Los Anjeles" jamoasi qiziqish bildirgan. 

Bundan tashqari futbolchiga Evropaning 2 ta klubi taklif shartnoma taklif qilgani ham ma’lum bo‘ldi. Biroq futbolchi faoliyatini yakunlash yoki o‘zini boshqa ligada sinab ko‘rish borasida yakuniy qarorga kelmaganini aytgan. Myullerga taklif bilan chiqgan Evropa klublar nomi hali ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Myuller "Bavariya" safida 2000 yildan beri faoliyat olib boradi. U asosiy jamoa bilan 2009 yilning fevral oyida professional shartnoma imzolagan.

Hozirga qadar Tomas myunxenliklar safida 750 ta bahsda qatnashib, umumiy 150 ta gol hamda 178 ta assistni o‘z nomiga rasmiylashtirgan.

G‘ofurov Asqarbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!