MYuga o‘tishni istayotganlar ham bor. "Qizil iblislar" 35 million funtlik transferga yaqin

  • 10 avgust, 2022, 19:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" PSV vingeri Kodi Gakpo bilan shartnoma imzolamoqchi. 

"The Telegraph"nashri bergan xabarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted"dan tashqari yana bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" Niderlandiya terma jamoasi a’zosiga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor. PSV uning transferidan 35 million funt sterling atrofida pul oladi. 

O‘tgan mavsumda chap qanot vingeri eyndxovenliklar tarkibida 47 uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol hamda 14 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!