MYu yulduzlari ringda mushtlashadi

  • 9 oktabr, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyalik promouter Eddi Xirn Angliya terma jamoasining sobiq yulduzlari Ueyn runi va Rio Ferdinand o‘rtasida jang tashkil qilmoqchiligini ma’lum qildi.

Tecno

- Men “Old Trafford” stadionida Ueyn Runi va Rio Ferdinand ishtirokida boks jangini o‘tkazmoqchiman. Har ikki futbolchining boks tushishni bilishidan xabarim bor. Bu jang xayriya maqsadida tashkil etiladi, - dedi Eddi Xirn.

Rio Ferdinand 2002-2014 yillar davomida “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan va uzoq muddat jamoaga sardorlik qilgan. Ueyn Runi esa, 2004-2017 yillarda manchesterliklar tarkibida o‘ynab, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!