MYu yozda katta xaridlarni amalga oshirmasligi mumkin

  • 3 mart, 2021, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub yozgi transfer oynasi vaqtida ko‘plab xaridlarni amalga oshirmasligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Pandemiya futbolning barcha bo‘g‘inlariga ta’sir qildi. Daromadlar etishmovchiligini hamma yaxshi his qilib turibdi. Vaziyatga to‘g‘ri yondashish kerak. Endi pulni qaerga va qancha sarflash haqida o‘ylashimiz kerak. Barchasi o‘zgarib ketdi. Lekin bizning akademiyamiz bor, ularga imkoniyat beramiz" - deydi Sulsher.

O‘tgan yozda MYu Donni van de Bek, Amad Diallo, Aleks Telles, Fakundo Pellistri, Edinson Kavani transferlarini amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!