
MYu yaqin orada hujumchi transferini e’lon qilishi kutilyapti
"Manchester Yunayted" Rasmus Xoylund bo‘yicha taklifni kuchaytirdi.
Ingliz klubi "Atalanta" bilan muzokaralar davomida 60 million evrodan ortiq summa taklif qilishi kutilmoqda.
Avvalroq, mankunianliklar 50+10 million evro to‘lashga tayyor ekani xabar qilingandi.
Muzokaralar davom etmoqda, ammo "Manchester Yunayted" boshqa pozitsiyalarni mustahkamlash ustida ishlashni davom ettirish uchun imkon qadar tezroq transferni amalga oshirmoqchi.
Futbolchining o‘zi "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istaydi.
Fikrlar