
MYu Ronalduga o‘rinbosar topdi!
"Lion" hujumchisi Mussa Dembelega Angliya premer-ligasining ikki vakili ko‘z tikmoqda.
Si nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun kurashda "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari o‘zaro raqobat boshlagan.
“Qizil iblislar” Dembeleni kelasi yozda klub bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.
"Kanonirlar" esa yaqinda braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Mussaga ham qiziqish bildirishmoqda.
Dembele o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol (5 tasi penaltidan) va 4 ta golli uzatma bor.
Fikrlar