MYu Reshford bilan qachon shartnomani uzaytiradi?

  • 30 mart, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yaqin oylarda o‘z etakchisi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmoqchi.

Tecno

ESPN xabariga ko‘ra, mankunianliklar amaldagi shartnomani bir yilga uzaytirish variantini faollashtirgandan so‘ng uzoq muddatli shartnoma tuzishdan manfaatdor.

Mavsum oxirigacha klub muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishga umid qilmoqda va yangi mavsum boshlanishidan oldin bu masalani yopmoqchi.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford joriy mavsumda APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol urdi.

Bundan avvalro Reshford PSJning super taklifini rad etgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!