
MYu "Real"ning zaxirada qolib ketayotgan futbolchisini sotib olmoqchi
"Real" klubining yarim himoyachisi Arda Gyuler Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. So‘nggi paytlarda matbuot turk futbolchisini Premer-liga klublari bilan tez-tez bog‘lamoqda.
"Todo Fichajes" nashrining yozishicha, agar Arda Gyuler transferga ochiq bo‘lsa, "Manchester Yunayted" uni xarid qilish uchun 60 million evro taklif qilishi mumkin.
Avvalroq 20 yoshli Arda Gyuler "Arsenal" va "Liverpul" klublarining ham diqqat markazida ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Joriy mavsumda Gyuler "Real" safida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. "Transfermarkt" portali mutaxassislariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 45 million evroga teng.
Fikrlar