MYu Onananing o‘rniga boshqa darvozabon topdi

  • 24 sentabr, 2023, 13:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" posboni Yan Oblakfaoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Todofichajes" nashrining yozishicha, sloveniyalik darvozabon xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqmoqda. “Qizil iblislar” kamerunlik Andre Onananing o‘yinidan norozi va shu bois yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi.

Oblakning "matraschilar" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda. 30 yoshli posbon 2014 yilning yozidan buyon madridliklar safida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Yan to‘rtta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!