
MYu joriy mavsum 5 bor xet-trik qayd etgan yosh futbolchini ko‘zlamoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Red Bull Zaltsburg" jamoasi hujumchisi Erling Xollandnig yanvarda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, inglizlar joriy mavsum 16 ta bellashuvda 22 ta gol urgan 19 yoshli futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda.
MYu futbolchini yozda xarid qilishni reja qilishgan edi, ammo endi Avstriya klubini qishda norvegiyalik futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishmoqchi.
Avvalroq, "Zaltsburg" klubi Xollandni 85 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emasligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Shu qatrda, norvegiyalik futbolchiga Germaniyaning RB "Leyptsig" klubi ham qiziqish bildirgan edi.
Fikrlar